Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In KXDRning barcha viloyatlarida pedinstitutlar ochish haqida topshiriq berdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatning barcha viloyatlarida Pxenyandagi kabi pedogogika institutlarini ochish haqida topshiriq berdi. U bu haqda Pxenyan pedagogika institutiga tashrifi vaqtida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Ta'kidlanishicha, bu muassasaning umumiy maydoni 23,1 ming kv metr bo‘lib, u, mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, eng namunali o‘quv dargohidir.
Modernizatsiya qilingan pedagogika institutida, KMTAning yozishicha, eng zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Agentlik tomonidan e'lon qilingan suratlarda institut auditoriyalari zamonaviy texnika bilan jihozlangani, ko‘plab xonalarda kompyuterlar va noutbuklar, shuningdek, virtual reallik ko‘zoynaklari borligini ko‘rish mumkin.
Kim Chen Inning ta'kidlashicha, pedagoglarning ishi juda muhim, sababi KXDR shu tufayli ta'lim darajasi baland hamda kadrlarga boy davlatga aylanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, partiyada pedagogik institutlarga katta e'tibor qaratishmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026