Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev AQSh va Rossiya munosabatlari “nolga qarab ketganini” aytdi
Foto: Reuters/Kevin Lamarque
Shimoliy Koreyadan xavf borligi vaziyatida Rossiya va AQSh munosabatlari “nolga qarab ketgani” Qozog‘istonni tashvishlantiradi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra aytdi.
“Shimoliy Koreya muammosini AQSh, Xitoy va Rossiya birgalikda hal qilishi mumkin. Shu sababli, biz qo‘shnilarni, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi nolga qarab ketgan munosabatlar tashvishlantiradi”, deb aytgan Nazarboyev.
Nazarboyev AQShga 16 yanvarda Tramp bilan uchrashgani keldi.
Tramp Xitoy raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqotda Vashington Pxenyanga maksimal bosim o‘tkazishni davom ettirishini aytgan.
Mavzuga oid
01:21
Urush. Arablar nega jim?
22:56 / 03.03.2026
Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berilganini aytdi
21:52 / 03.03.2026
Eronni qo‘rquvda ushlab turgan kema – “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi haqida
20:57 / 03.03.2026