O‘zbekiston | 22:25 / 17.01.2018
34869
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident soliq, moliya va bojxona faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish bo‘yicha farmoyishni imzoladi

16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq, bojxona va moliya organlari faoliyatini tanqidiy tahlil etish bo‘yicha tegishli farmoyishni imzoladi.

Farmoyishda yozilishicha, yuqorida nomi zikr etilgan organlar faoliyatini tanqidiy tahlil etib, tizim vazifalarini byurokratiya va oshiqcha ovvoragarchiliklardan xalos etish lozim. Shuningdek, sohada axborot kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish evaziga shtat birliklarini optimizatsiyalash, qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligini ta'minlash va nazorat qilish tartibini maqbullashtirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, davlat byudjyeti mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida yakka tartibda taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish kutilmoqda.

Davlat bojxona, soliq va moliya sohasida qabul qilingan mahalliy qonunchilik normalari xalqaro talab va standartlarga moslashtirilishi belgilanmoqda.

Ushbu o‘rganish ishlari joriy yilning 15 apreliga qadar davom etib, shundan so‘ng, tayyorlangan taklif loyihalari Prezident Devonxonasiga kiritilishi kutilmoqda.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid