Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya Turkiya samolyotlarini urib tushirishga tayyorligini ma'lum qildi
Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Feysal Mikdadning ma'lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Suriya hududi uzra jang qiladigan Turkiya qiruvchilarini urib tushiradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Diplomat Anqara Suriya shimolida, Turkiya bilan chegara yaqinida kurdlarga qarshi harbiy harakatlarni boshlayotgani haqida tarqalgan xabarlar fonida shunday bayonot bilan chiqdi.
Mikdadning so‘zlariga ko‘ra, Damashq Turkiya qo‘shinlarining kurd tuzilmalariga istalgan hujumini «tajovuzkorlik akti» hamda xalqaro qonunchilikning buzilishi sifatida baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya armiyasi oshirilgan jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026