Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» 8ta gol urdi. Neymar Parijdagi ilk pokerini rasmiylashtirdi
«PSJ» Fransiya chempionatining 21-turida «Dijon»ni yirik hisobda yengdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 8:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu parijliklar klubining turnirda qatorasiga beshinchi uchrashuvda g‘alaba qozonishi bo‘ldi.
Neymar gollarning 4tasiga mualliflik qildi va yana 2 golga pas berdi. Bu Neymarning Parij klubidagi ilk pokeri bo‘ldi, u to‘rtinchi golini penaltidan urdi. O‘yinda Anxel Di Mariya dubl qayd etdi, Edinson Kavani va Kilian Mbappe bittadan gol urishdi.
«PSJ» endi 56 ochko bilan turnir jadvalida yakkapeshqadamlikni davom ettirmoqda. «Dijon» 25 ochkosi bilan 11-o‘rinda joylashgan.
Fransiya chempionati
21-tur
PSJ – Dijon 8:0 (4:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 4 Di Mariya, 2:0 – 15 Di Mariya, 3:0 – 21 Kavani, 4:0 – 42 Neymar, 5:0 – 57 Neymar, 6:0 – 73 Neymar, 7:0 – 77 Mbappe, 8:0 – 83, penalti Neymar.
PSJ – Areolya, Mene, Tiago Silva, Kimpembe, Berchiche, Verratti (Nkunku, 61), Lo Chelso (Rabo, 78), Draksler, Di Mariya (Mbappe, 68), Kavani, Neymar.
Dijon – Rene, Roze, Varro (Xaddadi, 46), Yambere, Shafik, Abed (Massuema, 62), Kvon Chxan Xun, Mare, Sheka (Balmon, 72), Said, Janno.
Ogohlantirish: Massuema (63).
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
20:47 / 22.04.2026