Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya bosh vaziri lavozimiga ilk bor ayol kishi tayinlandi
Foto: AFP Viorika Denchile.
Ruminiya prezidenti Klaus Yoxanis yetakchi PSD partiyasi (Sotsial demokratlar partiyasi) tomonidan bildirilgan nomzod Viorika Denchile mamlakatning bosh vaziri etib tayinlanganini e'lon qildi. Bu haqda Ruminiya OAVlari ma'lum qildi. Denchile bu lavozimni egallagan ilk ayol bo‘ldi.
Ruminiyada yarim yil ichida ikki bosh vazir iste'foga ketgan. Bundan avval yetakchi partiya bosh vazir Mixay Tudosni ortga chaqirtirib olishini e'lon qilgan. Bosh vazir vazifalarini Ruminiya mudofaa vaziri vaqtinchalik bajargan. 2017 yil o‘rtalarida Ruminiya bosh vaziri lavozimini Sorin Grindyanu tark etgandi.
Denchile 2009 yildan PSD’ning Yevroparlamentdagi deputati bo‘lib kelgan. U qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullangan va sotsial-demokrat ayollar tashkilotiga boshchilik qilgan.
Yangi bosh vazirda o‘z dasturini eshittirish va vazirlar mahkamasining yangi tarkibini e'lon qilish uchun 10 kun vaqt bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:30 / 13.01.2026
Mayya Sandu Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
09:42 / 29.11.2025
Ruminiya mudofaa vaziri rezyumesidagi yolg‘on ma’lumotlar sabab ishdan ketdi
12:49 / 13.11.2025
Ruminiya prezidenti “Lukoyl” NQZ vaqtincha davlat nazoratiga o‘tkazilishini inkor etmadi
20:22 / 17.09.2025