Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yil Qirg‘izistonda 3ta qo‘poruvchilik hodisasi bo‘lishi mumkin edi
Qirg‘iziston Respublikasi huquqni muhofaza etish organlari payshanba kuni «mamlakatda 3ta qo‘poruvchilik harakati amalga oshirilishining oldi olingani» haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bergan.
«O‘tgan yilda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etishda hamda xalqaro terrorchilikka aloqadorlikda gumon qilingan shaxslarga nisbatan 290ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 232 nafar gumondor qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan 9041ta material tortib olingan. Bundan tashqari, qo‘lbola yasalgan portlovchi moslamalar va uning qismlari, harbiy granatalar zararsizlantirilgan», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda Qirg‘izistonda yuz berishi rejalashtirilgan 3ta terakt hodisasining oldi olingan. Oqibatda, ishga aloqador, deb topilgan 17 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026