Aqto‘bedan uchgan maxsus samolyot Toshkentga qo‘ndi
Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib uchgan maxsus samolyot bugun, soat 22:30da Toshkentga qo‘ndi. «Kun.uz» manbasining tasdiqlashicha, DNK-ekspertiza ishlari Toshkentda davom ettiriladi.
18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida, «Chimkent — Samara» yo‘lining 1068-kilometrida Qozog‘iston janubidan Rossiyaning Qozon shahriga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi harakat davomida yonib ketdi. Yong‘in boshlangan vaqtda avtobusda 57 kishi bo‘lgan. Ularning 54 nafari O‘zbekiston fuqarosi edi. Fojiadan faqat 5 kishi omon qoldi, shundan 2 kishi o‘zbekistonlik.
Ushbu hodisa munosabati bilan 18 yanvar kuni Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham hukumat komissiyalari tuzildi. Bosh vazir Abdulla Aripov rahbar etib belgilangan O‘zbekistondagi maxsus komissiyaga avariya natijasida jabrlangan va halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga yetkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni hal etish vazifasi topshirilgandi.
Dastlabki tekshiruvlardan keyin marhumlarning 32 nafarining shaxsi aniqlashtirildi. Endi qolgan jasadlarning shaxsi Toshkentda DNK-ekspertiza orqali aniqlashtiriladi.
Mavzuga oid
11:59 / 13.03.2023
Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi
13:10 / 19.01.2021
Aqto‘be fojiasiga 3 yil. Qurbonlar yodi va oilalarning keyingi taqdiri
15:09 / 13.02.2020