12 mart kuni Aqtöbe viloyatida Aytekebi tumanidagi Qorabutoq – Qustanay avtomobil yölining 144-uçastkasida avtobus texnik nosozlik tufayli töxtab qoldi.
Çaqiruv joyiga bir guruh qutqaruvçilar va texnikalar jönatildi. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida 63 nafar Özbekiston fuqarosi Aytekebi tumanidagi maktabga joylaştirildi, deb xabar qildi Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib ötamiz, fevral oyi oxirida Aqtöbe viloyatida yöl harakati çeklanişi sababli 52 nafar Özbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingan edi.
















