Aqtöbe fojiasiga 3 yil. Qurbonlar yodi va oilalarning keyingi taqdiri
|18:10 / 19.01.202153 58914 min
Bundan roppa-rosa 3 yil muqaddam – 2018 yilning 18 yanvar kuni özbekistonliklarni olib Rossiyaga ketayotgan avtobus Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgan edi. Fojia oqibatida avtobus salonida bölgan 57 kişidan 52 nafari halok böldi.
Qurbonlarning 31 nafari Namangan, 16 nafari Farğona, 2 nafari Andijon, 1 nafari Surxondaryo viloyati, 2 nafari Toşkent şahrida yaşaşgan.
Ularning eng kiçigi 18, eng kattasi 50 yoşda edi. Tiriklayin yonib ketgani aytilgan Aqtöbe qurbonlari orasida 47 yoşdagi ota va uning 20 yaşar öğli, 31 va 26, 23 va 21 yoşdagi aka-ukalar, amaki-jiyanlar ham bölgan.
Çimkent–Samara trassasida sodir bölgan fojia iştirokçilari Özbekistondan Rossiyaning Qozon şahriga yöl olgan bölib, kimdir uylaniş, kimdir uy quriş, maşina oliş uçun pul topişni niyat qilişgan edi.
Ularning orasida 23 va 37 yoşdagi ikki toşkentlik yigit ham bölib, biri Rossiyada qolib ketgan otasini qaytariş uçun, ikkinçisi esa uy-joyini tiklaş maqsadida safarga otlangandi.
– Öğlim 24 yoşda edi. Kasbi oşpaz edi. Kuniga 25 ming sömga işlardi. Fojiadan keyin: «Xorijda nima bor edi, şu yerda işlaşsa bölmasmidi», deb hamma gapirdi. Lekin öğlim Rossiyaga işlaşga ketmagandi.
Gap şundaki, xöjayinim işlaşga Ufa şahriga ketib, qaytib kelmagan. Şu yoqda boşqa turmuş qurgan. Qiz farzandli bölgan. Men bu yoqda ikki öğil bilan qolib ketdim. Röy bergan işlar soğliğimga qattiq ta'sir qildi, yotib qoldim.
Ammo oilamdagi gapni köçaga olib çiqqan ayol emasman. Hatto jigarlarim, uyimdagilarga aytmaganman erim boşqaga uylanib olganini. Farzandlarimga-ku umuman bildirmaganman. Öşandan keyin beş yil gaplaşmay ketgan bölsak-da, har zamonda qönğiroq qilib qolganida heç narsa bölmaganday söraşib, «Dadangiz sizlarni sörayapti» deb telefonni bolalarimga berib qöyardim. Oilamizda otaning şa'ni, örniga heç qaçon doğ tuşirmaganman.
Erim Rossiyadan 100, 50, gohida 30 dollar yuborib turardi. Biroq bu ikki öğilni yedirib-içiriş, mening dori-darmonlarimga yetmasdi. Şu sababli kattam kun böyi, kiçkinam darsdan keyin işlardi. Bu yerda topiş-tutiş kamligidan öğlim ustozi bilan qöşilib Qozoğistonga işlaşga ketdi. Öşa yerda yaxşi işlab keldi. Ikkinçi safar ketganida Rossiyadagi örtoqlari otasining uylanganini aytib qöyişibdi.
Erim Rossiyaga ketişidan oldin bir xonali uyimizni sotib, tört xonali uyga köçib ötgandik. Xöjayinim uyning pulini berganini aytgandi. Keyin bilsak, u uy şunçaki erimning nomiga olingan, aslida birovning uyi ekan. Uyimizning pulini özi bilan olib ketgan ekan. Uy egasi 2017 yilning dekabrida – yangi yil arafasi qönğiroq qilib, 8 yil yaşadinglar, yo uyni böşatinglar, yo pulini beringlar deb aytganda mazam bölmay qoldi. Yiğlab ötirganimda öğlim Qozoğistondan telefon qilib qolgandi, alam ustida bu gapni aytib qöyibman-da.
Mavzuga oid
Sanobar Umarjonova
Otasining uylangani bir zarba, uysiz qolişimiz xavfi bolamga yana bir zarba bölgan-da, endi köçada qolamizmi deb öylab, nima qilarini bilmay qolgan kap-katta yigit. Şu böldi-yu şoşilinçda Qozoğistondan qaytib kelib, Rossiyaga qarab yölga otlandi. Men bu vaqtda örtoqlari otasining uylanganini aytib qöyganidan bexabar bölganman. Oradan ança vaqt ötib, öğlimning raqamini tiklatib, telefonidagi xabarlarni öqiganimdan keyin bildim bularni. Menga işlaşga ketyapman, kelib sizni davolataman, degandi.
Men ketişiga qarşilik qildim, ammo u oyoq tirab turib oldi. Keyin bilsam, otasini Özbekistonga qaytarib olib keliş niyatida Rossiyaga qarab otlangan ekan. Samolyotga çipta olib, aeroportdan otasiga telefon qilgan. Biroq otasi bolamning kelişini xohlamasdan, uni Rossiyaga boriş fikridan qaytariş uçun: «Oğir kasal bölib yotib qoldim, holim xarob, bu yerga kelma, hujjat qiliş qiyin, mening ahvolim bu, sen kelsang battar qiynalamiz», deb aytgan.
Bolam beçora otasini yaxşi körardi, dadam çindan qiynalib qolibdi, heç kim qaramay qöyibdi deb öylab, şartta bir neça kundan keyinga olingan aviaçiptasini qaytarib topşirib, avtobusga çipta olibdi. Avtobusga çiqayotganiniyam menga sönggi damlarda aytdi. Keyin yölda mana şu voqea sodir böldi.
Öğlim ötirgan avtobus yonib ketganini uning ustozlaridan eşitdim. U kunlarni eslagim kelmaydi.
Xurşidxon Tursunov va Muhiddinjon Umarjonov safar oldidan
Gulnora Tursunova (Xurşidxon Tursunovning onasi):
– Öğlim hammaga birday mehribon, uyim-joyim deydigan bola edi. Boquvçimiz edi. Qölidan kelgança hammaga yordam qilardi. Birovning dilini oğritmagan.
Nazarbekda hovlimiz bor edi. Hammamiz öşa yerda yaşardik öğillarim bilan. Kattam şu hovlimizni sotib, pulini tijoratga sarmoya qilib kiritdi. Boşida harakatlari yaxşi samara berdi, ammo keyin işi orqaga ketib, bor-budimizdan ayrilib qoldik. Mana şu xatomni töğrilayman, uy-joy qilaman deb safarga ketgandi.
Bolamni köp urişardim. Lekin çetga işlaşga ketişiga qarşi bölganman. Mana uç yil böldi, nom-nişonsiz. Qaytib kelsin, bolalariga boş bölsin deb xudodan har kuni sörayman. Ikki nafar farzandi bor bolamning.
Fojiadan söng Toşkent viloyati va Toşkent şahri hokimliklaridan mas'ullar bizni yöqlab kelişdi, ahvolimizdan xabar topişdi. Mening propiskam ota uyimda qolgani uçun Uçtepa hokimligi 5 yil muddatga vaqtinça boşpana berişdi. Hozir bizga ijaraga berilgan ikki xonali uyda öğillarim bilan birga yaşab kelyapmiz. Şaroitimiz oğir bölgani, yaşaşga joy kamligi uçun kelinim ayni paytda bolalari bilan otasinikida yaşamoqda.
Gulnora Tursunova
Xurşidxondan keyingi öğillarim 34 va 32 yoşda. Oilaviy ahvolimiz bunaqaligidan hali oila qurişolgani yöq. 2018 yilning 23 yanvar kuni uyimizga şahar hokimi kelganlar, bolamning tobutini olib kelişganda ikkala öğlingizga ham uy ajratamiz, qonun böyiça sizlar davlatdan uy olişga haqlisizlar deb va'dalar berişgandi. Biroq bu gaplar gapligiça qolib ketdi. 9 oy Toşkent viloyati hokimligi, 3 oy Toşkent şahar hokimligi sarson qilgani qoldi. Natija bölmadi. Hozir heç kim holimiz bilan qiziqayotgani ham yöq.
Hozir közim yaxşi körmaydi. Döxtirlar operatsiya qiliş kerak degan. Hozirça sal-pal körib turibman, xudoga şukur qilaman. Operatsiyaga imkonim ham yöq. Pensiya haligiday, şu holimda davlat işida işlayman. Ammo topganimiz rözğor, kommunal tölovlardan ortmaydi.
Öğillarim ham, biz ham Xurşidxonning ölganiga işonmaymiz. Qaçondir uyga kirib keladi deb kutamiz. Boşqaça edi tönğiçim...
***
Surxondaryolik Ramil Turğunboyev 28 yoşida Aqtöbe fojiasi qurboni böldi. Uning ortidan onasi va opasi, Ramil bilan atigi 8 oy hayot keçirgan bevasi bözlab qoldi. Otasining vafotidan söng tuğilgan qizaloq hozir ikki yarim yoşda.
Yevgeniya Savçuk
Yevgeniya Savçuk (Ramil Turğunboyevning onasi):
– Ikki farzandim bor, bir öğil, bir qiz. Aslida farzandlarim Moldovada tuğilişgan. Öğlim bir yoşga tölganda Surxondaryoga köçib kelganmiz.
Qizimni uzatganman, hozir Denovda yaşaşadi. Öğlimni 2017 yilda uylantirgandim. Kelinim bilan atigi 8 oy yaşaşdi. Keyin esa: «Aya, Rossiyaga borib kelib işlab topgan pulimga maşina olaman», dedi. Men: «Turmuşimiz yaxşi, rözğorimizda kamçiligimiz yöq, borma, qöy», deb aytdim. Ayoli ham ketmang deb qança aytdi. Lekin maşina olgaç, keyin şu yerda işlayman, Rossiyaga boşqa bormayman degandan keyin noiloj rozi bölgandik.
Çunki oldin ikki yil borib işlab kelgandi. Keyin kelib uylangandi. Bunday voqealar bölişi tuşimizga ham kirmagandi. Ramil ketayotganda ayoli olti oylik homilador edi. Keyin qizi tuğildi. Davlat tomonidan avval 3 mln, keyin 6 mln söm yordam puli berildi. Mahalla-köy ma'raka-marosimlarimizga qaraşişdi. Heç kim qarab turgani yöq.
Ramil Turğunboyevning bevasi Navbahor Turğunova qizi Mubina bilan
Öğlim juda mehribon, aqlli bola edi. Işonganim şu edi. «Ayajon, men özim sizni boqaman, özim qarayman derdi», derdi. Afsus, umri qisqa ekan. Taqdir ekan, bölmadi. Xudoga şukur, undan zurriyod qolgan. Şularning boriga şukur.
***
Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida yaşagan ikki döst ham Aqtöbe fojiasi qurbonlari röyxatida. Ismlari ham bir xil bölgan bu böz yigitlar endigina 19 va 20 yoşni qarşilaşgandi. Biroq oilasidagilar ularning ölganiga işonişmaydi. Haligaça umid bilan kutişadi.
– Farzandim örtoği Islombek bilan yaxşi niyatlarda Rossiyaga işlaşga ketişgandi. Uç-tört yil işlab kelaman, qaytganimdan keyin uyni önglaymiz degandi. Hokisor, sodda bolalar edi ikkalasiyam.
Bir nafas ham töxtamasdan xudodan şularning kirib kelişini kutyapmiz. Uç yil böldi, mana, Alloh noumid qilmasin. Onaning köngli sezadi: bolam tirik. Aniq bilaman. Xudo xohlasa, qaytadi...
Islomjon eng katta farzandimiz edi. Undan keyin qizim va öğlim bor. Endigina 20 yoşni töldirib, 21ga ötgandi. Katta bölib, endi yonimizga kirib qolgandi.
– Oxirgi marta öğlim bilan amakisi gaplaşgan. Çegaradan ötib ketyapmiz degan. Şundan beri dom-daraksiz, nima voqea bölgan, bilmaymiz.
Uyda televizor körib ötirsam, Samaraga ketayotgan avtobus yonib ketgani haqida xabar berib qolişdi. Şu lavhani körgan zahotim qöşnimnikiga yugurdim, uyida interneti bor edi-da uning. Internetga kirib körsak, aynan öğlim ketgan avtobus yonib ketgan bölib çiqdi. Toşkentlarga telefon qildik, öşa avtobusda bölgan deyişdi.
Özi u «Gazel»da ketişi kerak edi. Nimadir bölib eski, suğurtasi yöq avtobusga çiqarvorişgan ularni. Keyin yölda şu voqea bölganini eşitdik.
Öşa paytlari özim Rossiyadan kelganimga köp vaqt bölmagandi. Hali öğlimning diydoriga töyib ulgurmagandim. U Toşkentda bölardi, men goh Rossiyada, goh boşqa joyda yotib işlab qolardim. Uyda bir vaqtda kam bölardik.
Irodaxon Adapova
Irodaxon Adapova (Islombek Norboyevning onasi):
– Biz u yerda holatni, bolam qanday holatda nima bölganini körganimiz yöq. Nima bölganini heç kim bilmaydi, uni yolğiz Alloh biladi. Rossiyaga borib, işlab pul topib, dadamni davolataman, pasportini olib beraman deb ketgandi. Xöjayinim Qirğiziston fuqarosi edi, şu sabab doim kirdi-çiqdidan qiynalardik. Qolaversa, xöjayinim oğir kasal edi, davolatişga pul kerak edi.
Şaroitimiz qiyinligi uçun ham bolam ota-onamning işonçini oqlay, duosini olay, ukalarimga yordam beray deb safarga ketayotgandi. Şunday fojia böldi. Bunday hol böladi deb xayolimga ham kelgani yöq. To bolamning tobutini olib kelgunça uning ölganiga işonganim yöq. Hozir ham tasavvur qilolmayman, bolamning murdasini körganim yöq, buni endi Alloh biladi. Farzandning doği juda qiyin, ota-ona özidan ötganini özi biladi.
Islombek Norboyev (çapda) dösti Islombek Karimjonov bilan
Farzandim 8 yoşidan beri ham maktabga borib, ham ustaga şogird tuşib işlardi. Çunki oilamizda men yolğiz özim işlardim. Xöjayinim disk çurrasi bilan oğrigani uçun işlolmasdi. Muolajalardan keyin hozir ança ahvollari yaxşi, ammo haliyam qöllarida kuçli qaltiroq bor. Farzandim bizning qiynalganimizni körib-bilib, ota-onamga yordam beraman deb işlaşga ketgandi.
***
Prezident Şavkat Mirziyoyev Aqtöbe fojyeasiga Özbekistonda kerakli iş joylari yaratilmagani sabab bölganini ta'kidlab: «Xalqimizning oldida hali qarzimiz köp. Odamlarimizga şaroit yaratmaganimiz uçun ular begona yurtlarga borib iş qidirib yurişibdi», degan edi.
Özbekistonliklarni olib Qozonga otlangan avtobus qoldiqlari
Foto: Reuters
52 nafar özbek öğlonlari ham vatanda iş topa olmaganidan, orzularini amalga oşiriş imkoniyati yöqligidan, öğil uylaş, qiz çiqariş uçun mablağ topiş niyatida izğiringa qaramay yölga çiqişgandi. Afsuski, ularning ortidan tobutlari qaytdi.
Oradan uç yil ötib, fojia qurbonlari oilalari holidan xabar olarkanmiz, ularning hayotida jiddiy özgarişlar bölmagani, aksariyat oilalar hamon işsizlikdan qiynalişayotgani, garçi yöqotişlar jarohati hali bitmagan bölsa-da, oilaning navbatdagi farzandlari ilojsizlikdan baxtini rus tuproğidan qidirişga majbur bölayotganiga guvoh böldik.
Çimkentdan Qozonga ketayotgan avtobus 2018 yil 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida yonib ketgan edi
Aqtöbe fojiasi qurbonlarining Namangan viloyati Kosonsoy va Töraqörğon tumanlari, Farğona viloyatining Toşloq tumanida yaşovçi oila a'zolarining bugungi kuni, turiş-turmuşi haqida navbatdagi maqolamizda hikoya qilamiz. Bu haqda batafsil yuqoridagi videolavhada tomoşa qilişingiz mumkin.