12:05 / 19.01.2018
13488

Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan: erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi; erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi; erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bergan.

Hujjatga asosan erkin iqtisodiy zona - mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.

Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishda quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:

mahalliylashtirish loyihalari uchun import o‘rnini bosuvchi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish;

eksport hajmi ishlab chiqarish faoliyatining ikkinchi yili kamida 20 foiz, uchinchi va keyingi yillarda 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada;

ma'muriy kengashlar tomonidan belgilanadigan darajada yangi ish o‘rinlari tashkil qilish;

tashkil etiladigan tashkilot xodimlarining umumiy sonini kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston fuqarolari bilan to‘ldirish.

Mavzuga oid
Top