Jahon | 20:30 / 19.01.2018
11133
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 31 metrlik muz minora qurildi 

Foto: structural-ice.com

Xitoylik va niderlandiyalik talabalar balandligi 31 metr keladigan muz minora qurishdi. Flamenco Ice Tower nomli konstruksiya muz va qordan ishlangan turli haykallar taqdim qilinadigan xalqaro festival o‘tkazilishi bilan mashhur bo‘lgan Xitoyning Xarbin shahrida qad rostlagan. Ma'lum qilinishicha, minora dizayni Xitoyning an'anaviy arxitekturasi uslubida barpo etilgan, shakli bo‘yicha flamenko raqsi uchun kiyiladigan ko‘ylakni eslatib yuboradi.

Minora nafaqat muzdan qurilgan: minora konstruksiyasi mustahkam bo‘lishi uchun muzga yog‘och qipiqlari va sellyuloza aralashtirilgan.

structural-ice.comstructural-ice.com

Ta'kidlanishicha, minora 2 yil davomida loyihalashtirilgan. 2015 yilda shu jamoa balandligi 21 metrlik minora qurgandi. Shu tariqa avvalgi natija 10 metrga yaxshilangan.

structural-ice.com

Loyiha mualliflarining fikricha, ular minorani qurishda qo‘llagan usul ekstremal iqlim sharoitlarida vaqtinchalik konstruksiyalarni qurishda asqotishi mumkin. Mualliflar Xitoyda o‘tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiadaga ko‘proq muz inshootlarini loyihalashmoqchi. 

structural-ice.com

 

Mavzuga oid