Jahon | 20:00 / 19.01.2018
6994
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda​ bola asrab olgan juftlik daromad solig‘idan ozod etiladi

Qozog‘istonda farzandlikka bola asrab olgan juftlik yiliga 2,1 million tengedan ko‘p bo‘lmagan miqdorida daromad solig‘idan ozod etilishi e'lon qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyoti vaziri o‘rinbosari Ruslan Dalenov xabar bergan.

Dalenovning aytishicha, farzandlikka bola asrab olgan oilaga taqdim etiladigan imtiyozdan tashqari, barcha fuqarolar uchun yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tishda to‘lanadigan davlat boji ham bekor qilingan.

«Bundan tashqari, yer-mulk solig‘i har yili o‘sha davr uchun to‘langan bo‘lsa, endilikda bu turdagi soliqni kelasi yilning 1 oktabriga qadar to‘lash imkoniyati bor», deydi vazir o‘rinbosari.

Milliy iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarining ta'kidlashicha, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan ota-onadan biri nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsa, u holda shu oilalarga yer-mulk solig‘i, ro‘yxatga olishdagi davlat boji hisobidan 9 ming tenge miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Qayd etish joizki, bu toifadagi shaxslar Qozog‘iston 76 ming kishini tashkil etadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid