Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda mutasaddilar Qozog‘istondagi fojiada halok bo‘lganlarning xonadonlariga kirib, ta'ziya bildirishdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunovdan iborat bir guruh mutasaddilar Qozog‘istonda halok bo‘lgan yurtdoshlar xonadonlariga kirib, ularning oila a'zolariga ta'ziya bildirishdi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar bergan.
Ulamolar va mas'ullar halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlarining musibatlariga sherik ekanlarini aytib, respublikamizning barcha masjidlarida juma namozlarida duolar qilingani va madrasalarda xatmi Qur'onlar o‘qilayotganini bildirib, har qanday yordamga tayyor ekanliklarini izhor qilishdi.
Ayni vaqtga kelib Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanidagi sodir bo‘lgan fojia oqibatida vafot etganlarning 28 nafarining shaxsi aniqlangan. Ularning barchasi Namangan viloyatidan.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026