Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-de-Janeyroda avtomobil olomonni bosib ketdi
18 yanvarda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida avtomobilning olomonni bosib ketishi oqibatida 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda Globo kanali xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Kopakabana sohilbo‘yida yuz bergan.
Voqeaning internetda joylashtirilgan videosida jarohatlanganlar yerda o‘tirganlari yoki yotganlarini, ularga yordam ko‘rsatilayotganini ko‘rish mumkin. Sohilbo‘yi bo‘ylab harakat to‘xtatilgan. Jarohatlanganlar orasida 4 bola, jumladan chaqaloqlar bo‘lgan.
Politsiya mashina haydovchisini qo‘lga olgan. U 41 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan. Haydovchining aytishicha, u olomonni bosib ketishi oldidan tutqanog‘i tutib qolgan va shu holat mashina ustidan nazoratni yo‘qotishiga sabab bo‘lgan. Haydovchi voqeadan keyin voqea guvohlari tomondan do‘pposlana boshlagan va politsiyaning aralashuvi evaziga uni darg‘azab odamlar orasidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan.
Hozir huquq-tartibot idoralari voqea tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.
Mavzuga oid
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025
Rioda jinoiy to‘daga qarshi qonli reyd: politsiya amaliyoti chog‘ida 64 kishi halok bo‘ldi
11:21 / 23.05.2025