10:51 / 20.01.2018
9246

Yarim milliondan ortiq venesuelalik Kolumbiyaga qochib o‘tdi

Foto: Reuters

Venesuelaning taxminan 550 ming fuqarosi vatanidagi muammolardan qochib, qo‘shni Kolumbiyada panoh topgan. Bu haqda RIA «Novosti» Kolumbiya migratsiya ma'muriyatiga asosan xabar bermoqda.

«Venesueladagi vaziyat nafaqat minglab kolumbiyaliklarni Kolumbiyaga qaytishga majbur qildi, balki venesuelaliklarning bizning mamlakatimizni boshqa davlatlarga yo‘l olish yoki birinchi ehtiyoj tovarlarini xarid qilish uchun muqobil variant sifatida ko‘rishga majbur qildi», - deya aytib o‘tdi Kolumbiya migratsiya xizmati direktori Kristian Kryuger.

Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro xalqqa har yilgi murojaatida homilador ayollarga oyiga 3,83 dollardan to‘lashga va'da bergandi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ayollar homiladorlik paytida 700 ming bolivardan olishadi, bu joriy kurs bo‘yicha hisob-kitobda 3,83 AQSh dollariga teng. Bola dunyoga kelganidan so‘ng, yosh onalar yana 1 mln bolivar yoki 5,48 dollar olishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top