Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk harbiylari kurdlar pozitsiyalariga javob zarbasini berdi
Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin shahriga yaqin bo‘lgan kurdlar pozitsiyalarini o‘qqa tutib, ularning harakatiga javob qaytarishdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Turkiya Bosh shtabining yozma bayonotida ta'kidlanishicha, harbiylarning xatti-harakati mamlakat o‘zini o‘zi mudofaa etish huquqiga ega ekaniga asoslangan.
«Demokratik ittifoq» va «Kurdiston ishchi partiyasi» terrorchilarining Afrin tumanidan o‘qqa tutishlariga javoban, Turkiya qurolli kuchlari terrorchilarning Suriya shimolidagi obektlariga 19-20 yanvar kunlari qator zarbalar berdi», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya kurdlarga qarshi amaliyot boshlanganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026