Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh shtabi Suriya shimolidagi yangi amaliyot haqida e'lon qildi
Turkiya Suriya shimolidagi Afrin tumanidagi kurd harbiy bo‘linmalariga qarshi «Zaytun novdasi» nomi ostida harbiy amaliyot boshlagani haqida e'lon qildi. Anadolu agentligi Bosh shtabga asoslanib xabar berishicha, harbiy operatsiya mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlandi.
Qayd etilishicha, ushbu amaliyot Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya muxolifati bilan muvofiqlikda olib boriladi.
Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim turk aviatsiyasi Suriya shimolidagi kurdlarning kuzatuv punktlarini bombalagani haqida ma'lum qilgan.
Biroz avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyaning Afrin mintaqasida kurdlarga qarshi turk harbiy operatsiyasi boshlanganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026