Kobulda jangarilar to‘y marosimi o‘tkazilayotgan mehmonxonaga hujum qildi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga jangarilar hujum qildi. Ushbu hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 35 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi hujum vaqtida oynadan o‘zini pastga tashlagan edi.
Tolo News xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va maxsus xorijiy jangchilar mehmonxona ichkarisidan 30 kishini olib chiqqan. Shturm vaqtida ikki jangari o‘ldirilgan, mehmonxona ichkarisida yana jangarilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, Kobul shimoli-g‘arbidagi tepalikda nikoh marosimi bo‘layotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Jangarilar ichkariga bostirib kirib, to‘yga yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan.
Yana bir manbaga ko‘ra, mehmonxonada bu vaqtda informatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilayotgandi.
Terrorchilar odamlarni garovga olgan bo‘lishi ham mumkin.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgan.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
17:22 / 01.10.2022
O‘zbekiston Kobuldagi maktabda sodir etilgan terrorchilik xurujini qoraladi
10:10 / 01.10.2022
Kobulda maktabga hujum oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi
07:23 / 20.09.2022
1 kuni 2,5 milliondan 29 million so‘mgacha - Samarqanddagi yangi mehmonxonalar va prezident apartamentlari (foto)
19:57 / 05.09.2022