Jahon | 22:40 / 21.01.2018
9975
1 daqiqa o‘qiladi

Kobuldagi mehmonxonaga hujum vaqtida 14 xorijlik halok bo‘ldi

Foto: reuters

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, Kobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga jangarilar hujum qilish oqibatida 18 kishi: 14 xorijlik va 4 afg‘on halok bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lgan xorijliklar orasida 9 nafar ukrainalik, bir nafardan nemis, qozog‘istonlik va grek bo‘lgan.

20 yanvar kechki payt qurollangan jangarilar Intercontinental mehmonxonasiga bostirib kirishgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 43 kishi halok bo‘lgan, 126 kishi qutqarilgan. Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi esa faqatgina 18 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan. Hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.

 

Mavzuga oid