Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Yevropaning uch mamlakatida o‘z o‘quv markazlarini ochadi
Facebook korporatsiyasi Yevropa mamlakatlarida istaganlarni turli axborot texnologiyalarini qo‘llashga o‘rgatuvchi uch o‘quv markazi ochmoqchi. Kompaniyaning operatsion direktori Sheril Sandberg Reuters agentligiga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
"Raqamli inqilob shart-sharoitlarida odamlar e'tiborsiz qolib ketayotganiga doir xavf bor. Ular raqamli iqtisodiyotda to‘laqonli ishtirok etishda zarur bilimlarga ega bo‘lishlari uchun albatta raqamli texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga investitsiya kiritmoqchimiz", - deya izoh berdi u.
O‘quv markazlari Ispaniya, Polsha va Italiyada tashkil qilinadi. Rejaga ko‘ra, ikki yil davomida u yerlarda millionga yaqin kishi ta'lim oladi. Keksa yoshli kishilar, yoshlar va qochqinlarga alohida e'tibor qaratiladi. Dasturga media va internetdan xavfsiz foydalanish kursi kirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Facebook o‘zining Fransiyadagi sun'iy intellekt ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tuzilmasiga 12,2 million dollarga yaqin mablag‘ sarflamoqchi. Sandbergning ta'kidlashicha, Facebook ham texnologiyalar, ham inson salohiyati rivojiga mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
09:44 / 08.07.2026