Tadqiqot natijalariga köra, issiqlik bilan boğliq ölim holatlarining aksariyati 65 yoşdan katta aholi hissasiga töğri keladi. Hisob-kitoblarga muvofiq, qurbonlarning 9 mingdan ortiğini aynan şu yoş toifasidagi insonlar taşkil etgan.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, favqulodda yuqori harorat nafaqat issiq urişiga, balki yurak-qon tomir, nafas oliş tizimi va boşqa surunkali kasalliklarning keskin oğirlaşişiga ham sabab böladi. Şu bois keksa yoşdagi insonlar issiq havo ta’siriga eng köp moyil xavf guruhi hisoblanadi.

EuroMOMO mutaxassislari Yevropa böylab 27 mamlakatning milliy statistika ma’lumotlarini tahlil qildi. Loyiha alohida davlatlar böyiça raqamlarni e’lon qilmagan bölsa-da, iyun oyining sönggi haftasida eng yuqori darajadagi qöşimça ölim holatlari asosan Fransiya va Belgiyada kuzatilganini ma’lum qildi.

Germaniyada 5 mingdan ziyod qurbon

Issiqlik oqibatlariga oid boşqa tadqiqotlar ham mavjud. Germaniyaning Robert Kox instituti (RKI) hisob-kitoblariga köra, iyun oyi oxiriga kelib mamlakatda ekstremal issiqlik tufayli taxminan 5 100 kişi vafot etgan.

Şundan 4 310 nafari faqat 22–28 iyun kunlari davom etgan eng issiq hafta hissasiga töğri keladi. Vafot etganlarning 80 foizdan ortiğini 75 yoşdan katta insonlar taşkil qilgan.

Tadqiqotda yana bir jihat qayd etilgan: issiqlik bilan boğliq ölimlar ayollar orasida erkaklarga nisbatan köproq uçragan. Biroq olimlar bu holatni yuqori yoş toifalarida ayollar soni erkaklarga nisbatan köproq ekani bilan izohlagan.

Buyuk Britaniya va boşqa şaharlarda ham vaziyat oğir

Buyuk Britaniyada ötkazilgan alohida tadqiqot ham xavotirli raqamlarni körsatdi. Imperial kolleji, mamlakat Meteorologiya xizmati va London gigiyena hamda tropik tibbiyot maktabi olimlari hisob-kitoblariga köra, iyun oyi oxiridagi issiqlik tölqini faqat Angliya va Uelsning özida taxminan 2 700 kişining hayotiga zomin bölgan.

Uşbu ilmiy jamoa Yevropaning 12 yirik şahridagi vaziyatni ham tahlil qildi. Ularning baholaşiça, ana şu şaharlarning özida issiqlik sababli qariyb 2 300 kişi vafot etgan. Eng köp ölim holatlari Italiyaning Milan şahrida, Fransiya poytaxti Parijda va Ispaniyaning Barselona şahrida qayd etilgan.

Mutaxassislar iqlim özgarişi oqibatida Yevropada ekstremal issiq tölqinlari tobora tez-tez takrorlanayotganini ta’kidlab, aholini, ayniqsa keksa yoşdagilarni himoya qiliş böyiça profilaktik çoralarni kuçaytiriş muhimligini urğulamoqda.