Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda barcha turdagi yoqilg‘ilar narxi oshdi
Foto: Sputnik-Qirg‘iziston
Bugundan boshlab Qirg‘izistonda barcha turdagi benzinlar va dizel yoqilg‘isining narxi oshdi. Narxlar o‘sishi 10 tiyindan 60 tiyingachani tashkil etgan, deb yozadi 24.kg.
Misol uchun, Ai-92 va Ai-95 markasidagi benzinlarning narxi 10 tiyinga oshib, 40,90 so‘mdan 41 va 43,80 so‘mdan 43,90 qirg‘iz so‘miga yetgan. Eng katta oshish dizel yoqilg‘isi narxida kuzatildi — 60 tiyinga. Bugundan boshlab uning narxi «Gazpromneft» i «Rosneft» shoxobchalarida 41 so‘mni, Bishkek Petroleum’da 40,30 so‘mni tashkil etadi.
«Albatta, bu holni yoqilg‘i narxining keskin ko‘tarilishi deb baqolab bo‘lmaydi, biroq barcha joyda biroz ko‘tarilgan. Bunga sabab Rossiya bozorlaridagi ulgurji narxlarning oshganligidir. Hozir Qirg‘izistonga yoqilg‘i moylash mahsulotlarining yanvar oyiga mo‘ljallangan partiyalari yetkazilib berila boshlandi, ularning narxi esa qimmatlashgan», — deydi neft treyderlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Ulan Kulov.
«Narxlarning oshish tendensiyasi o‘tgan yilning oxiridan buyon, shuningdek, yanvar oyida ham saqlanib turgandi. Bunga sabab neft narxining oshganidir. 2017 yil avgustidan dekabrigacha neftning narxi 25 foizga oshdi. Yanvarga kelib bir barrel neftning narxi 70 dollarga yetdi. Bu so‘nggi uch yil ichidagi eng baland narxdir. Boz ustiga, Rossiyada yoqilg‘i mahsulotlariga aksiz solig‘i ham oshirildi. Hozir biz yaqin orada nimalar bo‘lishi, narxlar o‘sishda davom etish-etmasligini aniq ayta olmaymiz. Hammasi fevral oyidagi ulgurji narxlarga bog‘liq bo‘ladi», — deya 24.kg’ga vaziyatni izohlagan Ulan Kulov.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:13 / 28.01.2026