Jamiyat | 20:44 / 22.01.2018
9165
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ahloq tuzatish ishlaridan bo‘yin tovlagan sudlanuvchining jazosi og‘irrog‘iga almashtirildi

Samarqand viloyati IIBda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi mas'ul xodimlari ishtirokida viloyat idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: KUN.UZ

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasining 2017 yil faoliyati, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama etildi.

Yig‘ilishda 2018 yilning birinchi yarim yilligi uchun ish rejasini ishlab chiqishda idora va tashkilotlardan takliflar olinib, uni tasdiqlash muhokamaga kiritildi.

Viloyat hududida o‘tkazib kelinayotgan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari davomida esa turli huquqbuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Samarqand tumani jazoni ijro etish inspeksiyasi hisobida turgan, muqaddam JK 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan sudlanib, 2 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan mahkum I.A. sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi sababli, Samarqand tumanida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida uning o‘talmay qolgan 1 yil 9 oy 12 kun muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida muqaddam 2009 yil JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro F.K., 2013 yil JKning 135-moddasi bilan sudlangan D.Q. jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikga chiqqach, o‘zi uchun ijobiy xulosa chiqarmasdan, jamoatchilik orasida yurish-turish qoidalarini buzganlari uchun JIB Samarqand tuman sudining qarorlari bilan bu shaxslarga nisbatan 6 oydan ma'muriy nazorat o‘rnatildi.

O‘z muxbirimiz.

Mavzuga oid