“Samarqand viloyatida maşinasozlik sanoatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori (PQ–145-son, 2026 yil 20 aprel)ga muvofiq, hududda maşinasozlik klasterini şakllantiriş va tarmoqni izçil rivojlantiriş asosiy vazifalardan biri etib belgilandi.

Qarorga köra, 2030 yilga qadar viloyat sanoatida maşinasozlik tarmoğining uluşini 15 foizga, sanoatda qöşilgan qiymat uluşini esa 40 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Şuningdek, taşkil etiladigan maşinasozlik sanoat zonasida yiliga 10 ming dona tijorat transport vositalari — yuk avtomobillari, avtobuslar, mikroavtobuslar, pikaplar va maxsus transport vositalari, şu jumladan elektr transportini işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş rejalaştirilgan.

Mazkur sanoat zonasi Kattaqörğon tumani hududining 100 gektar yer maydonida joylaştiriladi.

Belgilanişiça, zona iştirokçilari sifatida faqat N, M2, M3, O va L toifadagi transport vositalari hamda ular uçun ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar işlab çiqarişni taşkil etuvçi korxonalar röyxatdan ötkaziladi.

Maşinasozlik sanoat zonasi faoliyati “Samarqand viloyati sanoat zonalarini boşqariş direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan boşqariladi.