Jahon | 16:12 / 22.01.2018
55135
2 daqiqa o‘qiladi

Ufadagi do‘kon ichida qizni pichoqlab o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: Ufa1

Rossiyaning Ufa shahridagi do‘kon ichida qizni pichoqlab o‘ldirgan O‘zbekistonning 26 yoshli fuqarosi sudlanmaydi. Erkak Ufa shifoxonasida, hushiga kelmay vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAV tergov organlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ufa shahrida 21 dekabrga o‘tar kechasi fojia yuz bergandi – oziq-ovqat do‘koniga qiz kirgan, uning ketidan gul ko‘tarib olgan yigit kelgan. So‘ng yigit qizga gullarni berishga urinadi, biroq qiz ularni olishdan bosh tortgan. Shunda yigit pichoq chiqarib, qizga zarbalar bera boshlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatganidan so‘ng esa, yigit o‘z joniga qasd qilishga uringan.

- Ayblanuvchi qurbonga pichoq bilan o‘n bir marta zarba bergan, - deya xabar qilishgan keyinchalik tergovchilar.

Ma'lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan qizning ismi Shahnoza bo‘lgan. Yigit bilan internet orqali tanishgan. Bir necha oydan so‘ng yigit unga turmush qurish taklifini bildirgan, biroq rad javobini olgan. Aynan shu jinoyatga sabab bo‘lgani aytiladi.

RF Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati ushbu ma'lumotni tasdiqlagan. «Gumonlanuvchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. O‘limga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlandi», - deya izoh berishgan mahkamadan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid