Jahon | 09:15 / 23.01.2018
8763
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda Hollivudning eng keksa aktrisasi 106 yoshida vafot etdi
Hollivudning eng keksa aktrisasi Konni Soyyer 106 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Soyyer 23 yanvarda (AQSh vaqti bilan 22 yanvar) Vudlend-Xillzdagi (Kaliforniya shtati) uyida hayotdan ko‘z yumgan. Aktrisaning vafotiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Aktrisa Hollivudning eng keksa ishlovchi aktrisasi bo‘lgan. U 2017 yil oxirigacha ishlashni davom ettirgan. Aktrisaning hisobida 140 dan ko‘proq film va seriallar mavjud. U “Ahmoq va yanada ahmoqroq”, “Ananasli ekspress” va “Harri Sallini uchratganda” kabi mashhur filmlarda suratga tushgan.
Mavzuga oid
22:45 / 25.04.2024
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi
08:50 / 12.04.2024
Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jyey Simpson vafot etdi
12:07 / 10.11.2023
Hollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi
14:50 / 29.10.2023