Jamiyat | 17:10 / 23.01.2018
34342
2 daqiqa o‘qiladi

Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun paxta yog‘iga qat'iy belgilangan narxlar joriy etiladi

Foto: Getty Images

Bu yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan (19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qarorga ilova).

Norma.uz’ning yozishicha, Moliya, iqtisodiyot va adliya vazirliklari, «O‘zpaxtayog‘» AJ, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish topshirildi:

• paxta yog‘ini aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun qat'iy belgilangan qiymatda sotish tartibini ishlab chiqish – narx uni ishlab chiqarish va sotishdagi xarajatlarni hisobga olgan holda shakllantiriladi;
• aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari va paxta yog‘ini qat'iy belgilangan narxlarda sotadigan tashkilotlar ro‘yxatini ishlab chiqish. 

Ma'lumot uchun, ilgari hujjat ilovalarsiz e'lon qilingan edi. Paxta yog‘iga qat'iy belgilangan narxlarning joriy etilishi  bir kun keyin (20.01.2018 y.) e'lon qilingan prezidentning 19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qaroriga ilovada nazarda tutilgan.

Hujjat 20.01.2018 yildan kuchga kirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid