Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayol kishini talagan to‘rt yigit ushlandi
Toshkent shahrida ayol kishini qo‘rqitib, narsalarini o‘marib ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 18 yanvar soat 20:35larda Oqbilol ko‘chasi 15-uyda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan V.Ts, Avliyo ota ko‘chasi 8-uy 14-xonada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.K., Yashnobod tumani Murg‘ob ko‘chasi 20-uyda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Q.A. va Bektemir tumani Suvsoz dahasi 31-uy 32-xonada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan B.A. Qo‘yliq 1-daha 5-uy oldida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l m.f.y. O‘qituvchilari ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tavallud topgan A.Ts.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, sumkasi ichida bo‘lgan 6.000.000. so‘m puli, 8.500 AQSh dollari, parfyumeriya mahsulotlari, “Ayfon va Samsung” mobil telefonlari bo‘lgan sumkasini tortib olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida V.Ts., D.K., Q.A. va B.A. ushlangan.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026