Foto: Sena qirg‘oqdan toshdi, Parij aholisi qayiqlarda harakatlanmoqda
Fransiya poytaxti Parij shahrida keyingi kunlarda yoqqan kuchli yomg‘irlar natijasida shahar o‘rtasidan oqib o‘tgan Sena daryosi sathi ko‘tarilib, qirg‘oqlaridan toshdi. Shaharda ayni vaqtda transport harakati cheklangan, ko‘chalarda qayiqlarda suzayotgan odamlarni uchratish mumkin.
Parijliklar suv ostida qolayotgan kvartallar bo‘ylab qayiqlarda harakatlanmoqda.
XIX asrda Qirol Genrix IV sharafiga qurilgan Ver-Galan xiyoboni deyarli suv ostida
Senadagi suv sathi 2 metrdan 6 metrgacha ko‘tarildi. Suv ko‘tarilishdan birinchi navbatda Parij markazidagi Site oroli jabrlandi.
Parijdagi 12ta departament suv ostida qolishi mumkin.
Sena sathi tezlik bilan ko‘tarilmoqda. Parijda bungacha eng jiddiy suv toshqini 1910 yilda kuzatilgan, o‘shanda Sena sathi bir necha kunlik yomg‘irlardan keyin 8 metrgacha ko‘tarilgandi. O‘shanda shahar ko‘chalari kanallarga aylangan, shahar infratuzilmasi jiddiy shikastlangandi.
Hozircha suv toshqinlari Sena yoqasidagi hududlarda kuzatilmoqda, ammo shaharda hamon trevoganing "to‘qsariq rang" darajasi saqlanib qolmoqda.
Shahar o‘z hayotini yashashda davom etmoqda. Suratda: Sena sohilida joylashgan Paris Seine mehmonxonasiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
09:30 / 09.09.2024