Jahon | 07:43 / 24.01.2018
10499
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In yadroviy quroldan shantaj uchun foydalanmoqchi – MRB

Foto: KRT

AQSh Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yadroviy qurol arsenalini yaratib, undan shantaj uchun foydalanmoqchi, degan fikrda. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo aytib o‘tdi.

“Tahliliy nuqtai nazardan aniqki, Kim Chen In yagona muvaffaqiyatli sinovda to‘xtab qolmaydi – unga arsenal, raketalarning ko‘plab turli joylardan yetkazilishi imkoniyati kerak bo‘ladi”, deb aytdi MRB direktori Vashingtondagi chiqishida. Uning aytishicha, arsenalning yaratilishi Shimoliy Koreya uchun “mantiqiy qadam” bo‘ladi.

Pompeoning ta'kidlashicha, keyin Shimoliy Koreya bu arsenalni “shantaj maqsadida” qo‘llashga intiladi. 

“Diplomatik yechimning iloji bo‘lmagan holatga prezidentga vaziyatni hal qilish uchun barcha harakatlar spektrini taqdim qilish ustida ishlamoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.

U Shimoliy Koreya masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilish imkoniyati borasidagi savolga “Qarorni prezident qabul qiladi. O‘ylaymanki, u bu masalada o‘z fikrini aniq bildirgan”, deb javob qaytardi. 

Shimoliy Koreya 2017 yilda bir qator raketa sinovlari va 6-raqamli yadroviy sinovni amalga oshirdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid