Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 26 iyun kuni atom energiyasi töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartişlarni tasdiqladi. Unga köra, mamlakat hududiga yadroviy qurolni olib kiriş va uni joylaştirişga oid amaldagi taqiq bekor qilinadi. Tegişli hujjatlar Finlandiya parlamenti saytida e’lon qilingan bölib, qonun 2026 yil 1 iyuldan kuçga kiradi.
Mazkur özgartişlar şu yilning 17 mart kuni parlament tomonidan 125 nafar deputatning ovozi bilan qabul qilingan, 61 nafar deputat esa qarşi ovoz bergan.
Finlandiya mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen uşbu qarorni mamlakat xavfsizligi uçun tarixiy qadam deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, yangi qonun nafaqat Finlandiya, balki butun NATOning mudofaa salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Prezident Aleksandr Stubb esa Finlandiya tinçlik davrida öz hududida yadroviy qurolni doimiy ravişda joylaştirişni rejalaştirmayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, gap yadroviy tiyib turiş siyosati haqida ketmoqda.
«Bu şunday tiyib turiş vositasiki, uning asosiy maqsadi yadroviy quroldan heç qaçon foydalanişga ehtiyoj tuğilmasligini ta’minlaşdir», — dedi Finlandiya rahbari.
Qonun qabul qilinişi Rossiya tomonidan ham keskin baholandi. Kreml mart oyida Finlandiya hududida yadroviy qurol joylaştirilsa, Moskva tegişli javob çoralarini körişini ma’lum qilgan edi.
Bu bayonotga javoban mudofaa vaziri Xyakkyanen Helsinki Rossiyaning ehtimoliy reaksiyasiga töliq tayyor ekanini aytdi. Uning fikriça, qonunçilikdagi mazkur özgariş Finlandiyaning Rossiya tomonidan harbiy bosimga uçraş ehtimolini kamaytiradi.
Sönggi yillarda Finlandiya xavfsizlik siyosatida bir qator muhim qarorlarni qabul qildi. Jumladan, mamlakat 2026 yil yanvar oyida piyodalarga qarşi minalarni işlab çiqariş, saqlaş va qöllaşni taqiqlovçi Ottava konvensiyasidan rasman çiqqanini e’lon qildi.
Prezident Stubb bu qarorni dunyodagi xavfsizlik vaziyati yomonlaşgani bilan izohlagan. Uning ta’kidlaşiça, Finlandiyaning qöşnisi bölgan Rossiya Ottava konvensiyasi iştirokçisi emas va Ukrainada yer minalaridan keng foydalanmoqda.
Finlandiya Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin, 2022 yil may oyida NATOga a’zo böliş istagini bildirgan edi. Mamlakat 2023 yil aprel oyida rasman alyansga qabul qilindi. Finlandiyaning Rossiya bilan umumiy çegarasi 1300 kilometrdan ortiqni taşkil etadi.












