Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda erining qarindoshlarini «zaharlab o‘ldirmoqchi» bo‘lgan ayol 18 yilga qamaldi
Foto: Photl
Tojikistonning Xatlon viloyati sudi Panj tumanining Turdishayx qishlog‘ida yashovchi 39 yoshli Maxpura Hikmatovani 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ish materiallariga ko‘ra, ayol erining oilasi a'zolari ovqatiga zahar qo‘shib, kamida to‘rt marta o‘ldirishga uringan.
Yakunda ikki inson zaharlanish tufayli halok bo‘ldi va 38 kishi kuchli zaharlandi. Bu haqda OAV 2017 yilning oxirida xabar bergandi.
Davlat ayblovchisi sudlanuvchi ayolga 25 yil muddat so‘ragan. Xabar berilishicha, Maxpura Hikmatova jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi – «jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish» va «qotillik».
Hukm joriy yilning yanvar oyi boshlarida chiqarilgan.
Xatlon viloyati prokurori Nasrullo Mahmudzodaning aytishicha, M.Hikmatova, ayblov xulosasiga ko‘ra, uyga ega chiqish uchun erining barcha oila a'zolarini o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U buning uchun xamirga muntazam ravishda zahar qo‘shgan. «Hikmatova 2014 yildan beri nonga zaharli kimyoviy moddalarni to‘rt marta qo‘shgan», - deya aytib o‘tdi Mahmudzoda.
Mavzuga oid
16:49 / 14.10.2025
Ayolning kayfiyati - butun uyning energiyasi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
14:56 / 04.10.2025
Yaponiyada ilk bor ayol kishi mamlakat bosh vaziri bo‘lishi mumkin
08:50 / 26.09.2025