Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya Trampdan tashvishda
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining yadro quroli sohasidagi siyosati butun dunyoda tashvishga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya ijrochi direktori Beatris Fin ma'lum qildi.
«Bu siyosat yadro qurolidan foydalanish shartlarini yengillashtirish hamda uni ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qilmoqda», - deya Finning so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi.
Uning ta'kidlashicha, Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya vakillari AQSh delegatsiyasiga Davosda bu masalani muhokama etishni taklif qilishgan, biroq javob olishmagan.
«Yadro quroli bor ekan, undan foydalanish tahdidi ham saqlanib qoladi», - deya qayd etib o‘tdi tashkilot rahbari.
Shu bilan birga, Finning ishonch bildirishicha, yadro quroli butun dunyoda yo‘q qilinadi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026