Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus haydovchilari qo‘lga olindi
Qozog‘istonda 18 yanvarda yonib ketishi oqibatida 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga olib kelgan avtobusning haydovchilari ushlandi. Bu haqda fojia yuz bergan Aqto‘be viloyati prokuraturasi saytida ma'lum qilingan.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusning yonishiga avtobus salonida isinish uchun qo‘llangan kavshar lampa sabab bo‘lgan. “Bu jinoyatga avtobusning barcha uch haydovchisining aloqadorligi o‘rnatildi”, deyilgan xabarda.
Ushbu jinoyat yuzasidan Qozog‘iston jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus Samara-Chimkent yo‘lida yonib ketgan. Yong‘in avtobus harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Falokat oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026