«Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmatiga köra, voqea 2026 yil 9 iyul kuni sodir bölgan. «8-Avtobus saroyi» filiali haydovçisi boşqaruvidagi King Long rusumli avtobus 115-yönaliş böylab harakatlanayotgan vaqtda Yunusobod tumanidagi THAY va Boğişamol köçalari çorrahasiga yetib kelgan.
Ma’lum qilinişiça, Boğişamol köçasi boşlanişida yengil avtomobillar iştirokida yöl-transport hodisasi yuz bergan. Avtobus çorrahaga kirib bölgani va uning uzunligi 18 metr bölgani sababli transport vositasining orqa qismi boşqa iştirokçilar harakatlanadigan yölni tösib qöygan.


Şu bois haydovçi çorrahani böşatiş maqsadida avtobusni majburiy ravişda qarama-qarşi yönaliş böylab taxminan 100 metr boşqarib, şundan söng öz harakat yönalişiga qaytgan.
«Toşşahartransxizmat»ning bildirişiça, uşbu holat 10 iyul kuni «8-Avtobus saroyi» filiali rahbariyati hamda Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ullari iştirokida muhokama qilingan. Yönalişga çiqişdan oldin barça avtobus haydovçilari uçun yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qiliş böyiça qöşimça yöriqnoma ötkazilib, profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilgan.













