Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shavkat Mirziyoyev yo futbolni ko‘taraman yoki butunlay yo‘q qilaman degan» - Ramatov
Foto: KUN.UZ
O‘FA yangi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi vaqtida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning futbolga berayotgan e'tibori haqida ham gapirdi.
«Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev juda ham qattiq topshiriqlar bergan. Ular yo futbolni ko‘taraman yoki butunlay yo‘q qilaman, degan.
Prezident qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarning aksariyatida ham muxlislar talab qilishmoqda. Nega bizda futbol rivojlanmayapti? Nega bizda hammasi «o‘yin»? Nega hakamlarimiz har xil qing‘ir o‘yinlar qiladi? Bunga qaraydigan bir, futbolning egasi bormi, degan gaplarni odamlar yozyapti. Bularning barchasi yig‘ilib-yig‘ilib tomchi bo‘lib, dengiz bo‘ladi.
Muxlislar ham O‘zbekiston terma jamoasini JChga chiqishini ko‘rishni istaydi. Ammo u qildik, bu qildik, hech narsani eplay olmadik. JCh-2018ga ham chiqa olmadik», deya Ramatovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tribuna.UZ muxbiri.
Mavzuga oid
14:09 / 31.01.2026
Futbolda tanish-bilishchilik bo‘lmaydi - Bahodir Qurbonov
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
17:49 / 30.01.2026
Bahodir Qurbonov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi
17:48 / 03.12.2025