30 yanvar kuni Toşkentda Özbekiston futbol assotsiatsiyasining (ÖFA) navbatdagi hisobot-saylov kongressi bölib ötdi.

Kongress yakunlariga köra, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov delegatlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan ÖFA prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Bahodir Qurbonov hisobot-saylov kongressida iştirokçilarga 2025 yilda futbolni raqamlaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar va joriy yil uçun belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

«Korrupsiya omili Özbekiston futbolida yöq bölsa, ertangi kunda xalqaro maydonda davlatimiz bayroğini, özbek ğururini, millatini namoyiş qiladigan sportçilarni yetiştirişda muvaffaqiyatga erişamiz. Şuning uçun, ruxsat bersangiz, mana şu masalada men yana bir bor sizlarga erişilgan yutuqlarni aytib ötsam. Ötgan yillarda futbol sohasi raqamlaştirilmagani oqibatida futbolçilar töğrisida yagona umumiy baza bölmagan. Şu sabab klublar transferlar orqali maşğulot tölovlarini ololmagan. Futbolçilar tayyorlaşni raqamlaştiriş orqali inson omili aralaşuvini keskin qisqartiruvçi va şaffof seleksiyani ta’minlovçi Milliy futbol elektron platformasi işga tuşirildi. Platformada futbol maktabiga kelgan har bir bola va uning murabbiyi elektron röyxatga olinadi. Futbolçining professional ösiş körsatkiçlari tizimiga kiritiladi hamda monitoring qilib boriladi. Endilikda platformada röyxatdan ötgan futbolçi uçun klub FIFAning transfer tölovlari böyiça daromad oliş imkoniga ega böladi», — dedi ÖFA raisi.

Qurbonov futboldagi hakamlik masalasiga ham töxtalib, uçraşuvlarida adolat va şaffoflikni ta’minlaş maqsadida Futbol hakamlari akademiyasi taşkil etilganini ma’lum qildi.

«Örta Osiyoda biz ayollar hakamlar jamoasini barpo etdik va buni biz albatta kengaytirib boramiz. Ayol bor joyda adolat böladi. Madaniyat böladi, intiliş böladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bizlar ayol kişini ilmli, vatanparvar qilsak, jamiyatni ilmli, vatanparvar qilamiz», dedi u.

Assotsiatsiya rahbari futbol maktablarida hali ham muammoli jihatlar saqlanib qolayotganiga ham e’tibor qaratib, vaziyatni yaxşilaş böyiça rejalaştirilgan işlarga ham töxtalib ötdi.

«Ming afsuski futbol maktablari va akademiyalarida yoşlarni saralaşda yetarliça şaffoflik yöq. Taniş-bilişçilik va mahalliyçilik kabi salbiy illatlar ham kuzatilyapti. Şu sababli ilmiy yondaşuvlar asosida yoş futbolçilarimiz bilan işlaş va ularni saralaş böyiça yangi tizim yaratamiz. Bunda palatforma orqali futbol muassasalaridagi iqtidorli va salohiyatli yoş futbolçilarning ösiş darajasi monitoring qilinadi va boşqa viloyatlardagi mutaxassislar tomonidan şaffof saralaş yölga qöyiladi», dedi ÖFA prezidenti.