Jahon | 06:22 / 25.01.2018
8916
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Erdo‘g‘anni Suriyada harbiy harakatlarni cheklashga chaqirdi

Foto: axar.az

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda Suriyaning Afrinida zo‘ravonlik avj olayotganidan xavotir bildirgan. Bu haqda Oq uyning 24 yanvarda bergan xabarida aytilgan.

“Tramp Turkiyani harbiy harakatlarini cheklashga va tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lishidan qochishga chaqirdi”, deyilgan xabarda.

Trampning fikricha, yuzaga kelgan vaziyat AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi bilan bog‘liq xavflarga ega. Tramp Turkiya xavfsizligi muammolarini hal qilish uchun ikki tomonlama yaqin hamkorlikni taklif qilgan.   

Avvalroq manbalar Tramp va Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashishgani va Afrindagi operatsiyani muhokama qilishganini ma'lum qilgandilar. Ma'lum qilinishicha, suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Trampni suriyalik kurdlar tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashni va ularga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirgan.     

Turkiya 20 yanvarda Suriyadagi “Demokratik ittifoq” partiyasi va “Xalq mudofaa kuchlari”ning otryadlariga qarshi harbiy operatsiya boshlagandi. Turkiyada terrorchilik guruhlari deb topilgan bu guruhlar AQSh tomondan qo‘llab-quvvatlanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid