Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShni Suriya bo‘yicha bergan va'dalarida turmaganlikda aybladi
AQSh Turkiyaga suriyalik kurdlarning qurollangan tuzilmalari (YPG) bo‘yicha bergan birorta va'dasida turmadi, davlatlar o‘rtasida ishonch yo‘q, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu.
“Tillersondan Suriya shimolida 30 kmlik xavfsizlik hududi yaratish taklifi bildirildi. Men undan nimani nazarda tutayotganini so‘radim. Biz ham xavfsizlik hududi haqida gapirmoqdamiz, biroq AQSh bilan buni turlicha ko‘rishimiz, bunday hududning yaratilishidan turli natija kutishimiz mumkin. Ular samimiy gapirayotgan bo‘lsalar ham ishonch lozim. Men nima uchun bizda hozir AQShga ishonch yo‘qligini tushuntirdim: ular YPG mavzusi bo‘yicha bergan birorta va'dalarida turmadilar”, deb aytgan Chavusho‘g‘lu. Uning ta'kidlashicha, Anqara va Vashington Tillersonning taklifi detallarini muhokama qila olishi uchun ikki davlat o‘rtasida ishonch darajasini oshirish lozim.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:27 / 13.07.2026
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10 / 13.07.2026