Jamiyat | 10:52 / 25.01.2018
7433
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotada yashovchi yigit Uchtepadan “Neksiya”ni olib qochdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 20 yanvar soat 23:00 dan 21 yanvar soat 03:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs 30-daha 13-uyda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan F.H.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumani Tutzor ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan D.A. sodir etganligi aniqlandi.

Ta'kidlanishicha, u avtomashinani Chilonzor tumani Nurxon ko‘chasida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid