Jahon | 15:20 / 26.01.2018
7127
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Putin bilan uchrashadi, Yaqin Sharq muhokama qilinadi

Foto: RIA "Novosti"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ma'lum qilishicha, 29 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mintaqa muammolari va Yaqin Sharqdagi vaziyatga yechim topish masalasini muhokama etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Mintaqa, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatga yechim topish», - deya aytib o‘tdi u, Putin bilan Moskvada qanday mavzularni muhokama qilmoqchi ekani haqida berilgan savolga javob qaytarib.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tasdiqlashicha, Putin hamda Netanyaxu uchrashuvi 29 yanvarga mo‘ljallangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid