Jamiyat | 16:00 / 26.01.2018
7674
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanidagi do‘kondan 13,2 mln so‘mlik mulkni o‘marib ketishdi

2018 yil 11 yanvardan 12 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Sergeli tumani hududida joylashgan do‘konga uning eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Shundan so‘ng, mazkur do‘kon ichidagi fuqaro S.E.ga tegishli bo‘lgan jami 13.200.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 1988 yilda tug‘ilgan S.F. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid