Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti samolyotiga o‘rnatiladigan yangi sovutkichlar narxi ma'lum qilindi
AQSh prezidenti samolyotiga o‘rnatiladigan yangi sovutkichlar deyarli 24 mln dollarga aylanadi. Bundan Pentagonning davlat xaridlari ma'lumotlar bazasi darak bermoqda.
Boeing kompaniyasi 2017 yil dekabrda VC-25A G12/G13 modelidagi sovutkichlarni loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish va sinovdan o‘tkazishga 23,7 mln dollarlik buyurtma olgan.
Defense One portalining ma'lum qilishicha, “birinchi raqamli bort”ga o‘rnatiladigan sovutkichlarga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgachadir. Samolyotga o‘rnatiladigan 5 ta katta sovutkich 25 tadan ko‘proq bo‘lmaga ega bo‘lishi, unda kamida 3 mingta tushlik saqlanishi kerak. Bunday ko‘p miqdordagi taom samolyotdagi barcha odamlarni bir hafta davomida yegulik bilan ta'minlash uchun kerak. Bu urush kabi kutilmagan vaziyatlar uchun qilinadi.
Samolyotda hozirda qo‘llanadigan sovutkichlar prezident samolyoti Boeing 747 foydalanishga kiritilgan 1990 yilda o‘rnatilgan.
AQSh harbiy-havo kuchlari vakili Enn Stefanek shu davr ichida sovutkichlarning ishonchliligi ancha kamayganini aytgan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026