AQShning gimnastika terma jamoasi sobiq shifokori yangi jazo oldi
23 yanvarda Michigan sudi AQShing sport gimnastikasi bo‘yicha terma jamoasining sobiq shifokori, 54 yoshli Larri Nassarni 40 yildan 175 yilgacha (tergov bilan bitimga borishiga qarab) qamoq jazosiga mahkum qildi. Sud Nassarni o‘z lavozimida zo‘ravonlikda ayblagan 150dan ko‘proq qizning ko‘rsatmalarini tinglagan.
Hukmni chiqargan sudyaning aytishicha, Nassarning xatti-harakatlari “aniq, puxta, ayyorona va jirkanch” bo‘lgan va sudya deyarli Nassarni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan.
Biroq bu hukm kuchga kirishdan avval Nassar bolalar pornografiyasini tayyorlagani uchun unga berilgan 60 yillik qamoq jazosini o‘tashi kerak bo‘ladi. U o‘zini yaxshi tutgani uchun muddatdan avval qo‘yib yuboriladigan bo‘lsa ham, ikkinchi jazo kuchga kirishi vaqtida shu kungacha yetib borsa, 100 yoshdan kattaroq bo‘ladi.
Nassarga hukm chiqarilgan kun Michigan shtati universiteti boshqaruv raisi Lu Anna Saymon, ikki kundan keyin gimnastlarni tayyorlash bo‘yicha direktor Mayk Xollins iste'foga ketganlar. Bundan tashqari, AQShning gimnastika federatsiyasi direktorlar kengashi to‘liq tarkibda o‘z lavozimini tark etgan.
Mavzuga oid
11:54
WSJ: AQSh Putinning tahdidlaridan keyin yadro arsenalini kengaytirishga tayyor
11:22
Tramp qaytdi: bu dunyo siyosatida nimalarni o‘zgartiradi?
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024