Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaning Innova Tax Free kompaniyasi O‘zbekistonda shopping turizm rivojlanishiga yordam beradi
Ispaniyaning Innova Tax Free kompaniyasining xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori A.Santos bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida xorijiy tomon O‘zbekistonda shopping turizmini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bu O‘zbekistonda iste'mol tovarlarini xarid qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etishni nazarda tutadi (Tax Free tizimi). O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini ta'minlash maqsadida tomonlar 2018 yil fevral oyining uchinchi o‘n kunligida O‘zbekistonga bir guruh mutaxassislarni yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Rejalashtirilgan tashrif davomida hamkorlik masalalarini muhokama qilish hamda hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
15:15 / 16.06.2026