Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ekspert O‘zbekiston haqida o‘z fikrini ochiq ifoda etdi
Foto: KUN.UZ
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bosh ilmiy xodimi, institutning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston muammolarini tadqiq etish markazi direktori Andrey Kazantsev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati haqida o‘z fikrini bildirar ekan, uni "yirik tarixiy shaxs", deb ta'rifladi.
"Men doimo O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida juda ehtiyotkorlik bilan fikr bildirar edim, – deb yozadi A.Kazantsev. – Lekin bugun bu islohotlar haqida ochiq-oydin aytish kerak, deb o‘ylayman".
"Shaxsning yirikligi nima bilan belgilanadi?", degan savolga rossiyalik ekspert quyidagicha javob berdi: "U kerak bo‘lganda "oqim bo‘ylab", zarurat tug‘ilganda esa "oqimga qarshi" harakatlana oladi, oddiy, o‘rtamiyona inson esa bunday qilishga qodir emas. Yirik shaxs ijodiy yondasha oladi. Bu, ayniqsa, siyosatchilarga xos".
"Bugun sobiq sho‘rolar hududida, hatto butun dunyoda konservatizm ruhi ustuvorlik qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev esa O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Dunyoda va sobiq sho‘rolar hududida o‘z qobig‘iga o‘ralish kayfiyati kuchayib borayotgan bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev xalqaro iqtisodiy hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirmoqda. Jahonda turli qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, Shavkat Mirziyoyev esa Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan murosa qilib, mintaqadan tashqari barcha Hamdo‘stlik davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilamoqda. Umuman, oqimga qarshi bormoqda, lekin bunda faqat O‘zbekiston manfaatlari ustuvorlik kasb etmoqda. Uning shaxs sifatidagi yirikligini belgilaydigan omil aynan mana shunda", deb fikriga xulosa qiladi A.Kazantsev.
Mavzuga oid
19:11 / 19.03.2026
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
13:49 / 19.03.2026
Dron Lvivdagi UXX bosh boshqarmasiga hujum qildi
13:05 / 19.03.2026
Mers: Yevropa Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerak
09:51 / 19.03.2026