Simona Halep Australian Open finalidan keyin shifoxonaga olib ketildi
Dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi Simona Halep Avstraliya ochiq chempionati – Australian Open finalidan keyin shifoxonaga tushdi.
Ruminiyalik tennischi shifoxonaga “suvsizlanish va holdan toyish” tashxisi bilan yetkazilgan.
ESPN telekanali Simona shifoxona koykasida tomizg‘ich (kapelnitsa) ostida yotgani kadrlarini namoyish qilgan. Telekanal insayderlarining aytishicha, Xalep tomizg‘ich ostida 4 soat bo‘lgan.
Birinchi raqamli ayol tennischi Avstraliyadagi musobaqada 3 ta uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazgan. Uning 3-davrada Loren Devis bilan uchrashuvi 3 soat 44 daqiqa, yarimfinalda Anjyelik Kerberga qarshi uchrashuvi 2 soat 20 daqiqa va finalda Karolin Voznyatski bilan uchrashuvi 2 soat 51 daqiqa davom etgan. Simona raqibiga imkoniyatni boy bergan final uchrashuvi o‘tgan vaqtda Melburnda havo harorati 39 daraja issiqqa yetgan.
Ta'kidlanishicha, Xalep 28 yanvar kuni ertalab shifoxonadan chiqqan.
Mavzuga oid
20:38 / 28.01.2024
Sinner Medvedev bilan bahsda kambek qilib, Australian Open g‘olibiga aylandi
13:45 / 26.01.2024
Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi
19:10 / 28.01.2022