Dunyoning birinçi raqamli tennisçisi, italiyalik Yannik Sinner Melburnda bölib ötgan «Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi Australian Open 2025 turnirida ğolib çiqdi.

Finalda u dunyoning ikkinçi raqamli tennisçisi, germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun keldi – 6:3, 7:6 (7:4), 6:3.

Uçraşuv 2 soat 42 daqiqa davom etdi.

Şu tariqa, 23 yoşli italiyalik Avstraliyadagi turnirda ketma-ket ikkinçi marta ğalaba qozondi. Bundan taşqari, 2024 yilda u yana bir «Katta dubulğa» musobaqasi – AQŞda bölib ötgan US Open turniri ğolibi bölgan.

«Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi turnirlar turkumi tennisdagi eng nufuzli hisoblanadi va törtta musobaqani birlaştiradi: Australian Open, France Open (Roland Garros) va US Open, şuningdek Buyuk Britaniyadagi Wimbledon turniri.