Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda turizmni rivojlantirish rejalari doirasida 167ta loyiha amalga oshiriladi
Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etish rejasiga ko‘ra 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularda tarixiy-madaniy obidalarni ta'mirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Davlat rahbari sayyohlar uchun mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, turistlarga milliy madaniyatni keng namoyish qilish zarurligini ta'kidladi.
Prezidentning «Tadbirkorlik foaliyati uchun soliq yukini kamaytirish, soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish hamda mahalliy byudjyetlar daromadlari bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan takliflar, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq to‘lovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjyetga to‘lanadigan to‘lovlar, joriy yilgi prognoz ko‘rsatkichlar haqidagi ma'lumotlar keyingi taqdimotda namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev aholining dunyoqarashini o‘zgartirish, soliq bazasini kengaytirish evaziga byudjyetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qashqadaryo viloyatida ichimlik suv ta'minotini yaxshilash, Toshguzar-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish ishlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Prezident joriy yil 1 avgustgacha «Afrosiyob» poyezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shahrisabz shahar va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish, ishsizlarni kasbga o‘qitish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:00 / 12.06.2026